YaraTera Krista MgS (Magniy sulfat) — bu har qanday sugʻorish tizimlari (fertigatsiya) yoki bargdan oziqlantirish uchun moʻljallangan, suvda toʻliq eriydigan yuqori samarali oʻgʻitdir. U fotosintez jarayoni va hosil sifati uchun oʻta muhim hisoblangan magniy hamda oltingugurt tanqisligini tezda bartaraf etish uchun ideal yechimdir.
Asosiy afzalliklari 100% eruvchanlik: Kristal kukun shaklidagi oʻgʻit suvda tez va qoldıqsiz eriydi. Tomchilatib sugʻorish tizimlari gʻovaklarini va purkagich soplolarini (forsunka) umuman tiqib qoʻymaydi. Mutloq soflik: Mahsulot tarkibida xlor, natriy va ogʻir metallar mavjud emas, bu esa tuproqning shoʻrlanishi yoki oʻsimliklar kuyishi xavfini butunlay istisno qiladi. Sinergetik effekt: Magniy va oltingugurt bir-birining soʻrilishini kuchaytiradi. Magniy xlorofill molekulasining markazi (yadorosi) boʻlib, usiz fotosintez jarayoni amalga oshmaydi. Oltingugurt esa azotning samarali oʻzlashtirilishi va oqsillar sintezi uchun javobgardir. Universal moslashuvchanlik: Koʻpgina suvda eriydigan oʻgʻitlar bilan bak aralashmalarida mukammal darajada aralashadi (tarkibida kalsiy boʻlgan oʻgʻitlardan tashqari).